[Презентация]
KADRLAR TAYYORLASH TIZIMI VA MEHNAT BOZORINING IQTISODIY ALOQALARINI
unda oldi-sotdi obʼekti maxsus tovar bo‘lgan inson mehnatida. Bu holat mehnat bozorda asosiy tovar bo‘lib hisoblanadigan inson mehnatiga turli kon- septual yondoshuvlarning paydo bo‘lishi uchun asos yaratib berdi. Ishchi kuchidan foydalanish, asosida mehnat jarayonida yaratilgan tovarlar tim- solida bo‘lgan qiymat mehnat qiymati hisoblanadi. Ishchi mehnati asosida yaratilgan qiymatga maʼlum bir qismini ish haqi sifatida o‘zlashtirsa, qolgan qismi ish beruvchi tadbirkor ixtiyorida qoladi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda mehnat bozorida ish haqi – aynnan mehnat evaziga ish haqi emas, balki aynan mehnat sotiladi va xarid qilinadi [10] deb belgilangan. Ushbu yondashuvlarda ish haqi boshqa daromad turlari bilan birga omilli daro- madlar namoyon bo‘ladi: kapital uchun foiz, yer- dan foydalanish uchun renta, ishlab chiqarish vos- italarning mulkdorlari va tadbirkorlarning omilli daromadlar sifatida namoyon bo‘luvchi foyda [11] deb asoslaydilar.
Fikrimizcha raqobat bozorida mehnatni tovar pul shaklida sotilishi mehnatni ish haqi evaziga almashinuvi sodir bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan ish haqi ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan ish- chi bilan ish beruvchi o‘rtasidagi bitim muomala sohasidagi bitim bo‘lib, yangi qiymatga ega bo‘lgan tovar faqat ishlab chiqarishda yaratilgan tovar qiymatidan o‘z mehnatiga teng bo‘lgan qis- mini ish haqi sifatida oladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish subʼektlari yaratgan qiymatdan ish haqi va moddiy
1 Muallif ishlanmasi.
xarajatlar ayirmasidan qolgan foyda, renta va tad- birkorlik daromadi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mehnat bozori o‘zining ishlashi jarayonida bir tomondan kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yol- lanma ishchilarni, mutaxassislarni tayyorlashni ifo- dalasa, ikkinchi tomondan – ish beruvchilarni tayy- orlashga bo‘lgan ehtiyojlarni ifodalaydi. Ikkala hol- atda ham ushbu ehtiyojni taʼlim tizimi (1-rasmga
qarang) qondiradi.
Mehnat bozori uchun zarur bo‘lgan ilmiy bil- imli, malakali, tajribali, maxsus ko‘nikmalarga ega insonlar taʼlim jarayonida tayyorlanadi. Taʼlim insonga muayyan axborotni to‘plash, inson shax- siyati tarkibida axborot mazmunini, ehtiyojlarini va qobiliyatlarini o‘zlashtirish va mustahkamlashga imkon beradi.
Hozirgi kunda mehnat bozori tomonidan yangi turdagi mutaxassislar – yuqori texnologiyalar soha- sida aqliy mehnat qiluvchi ishchilarga ehtiyoj tob- ora oshib bormoqda. Uning asosida fundamental ilmiy tayyorgarlikning yuqori sifatligi, dunyoqa- rashning kengligi va yuqori kasb mahorati yotadi. Iqtisodchi olimlar tomonidan taʼlim tizimini riv- ojlanishi bo‘yicha turli qarashlar mavjud. Jumladan, biri “taʼlim rivojlanish va hayot kechirishning asosiy ijtimoiy-genetik mexanizmiga aylanadi” [13] deb hisoblasalar ikkinchisi “taʼlimga bo‘lgan bunday yondashuvning o‘ziga xos xususiyati shundan ibo- ratki, taʼlim kasbiy faoliyat va hayot uchun tayy- orlash institui sifati emas, balki hayotning o‘zini tashkil etish instituti sifatida qarash kerak”[14] desa uchinjisi “mehnat bozorini segmentlash
1-jadval. XXI asrda ish beruvchi tomonidan ishchi kuchi sifatiga qo‘yiladigan talablar [16]
Ish beruvchi tomonidan ishchi kuchiga qo‘yiladigan talablar Ishchi kuchi ko‘nikmalarining tavsifi
Kognitiv sifatlar Murakkab holatlar, yangiliklarni tushunishi, yuqori darajadagi o‘zgarishlarga moslashuvchanligi, fikr doirasi va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish bo‘yicha ko‘nikmalar. Jumladan, bazaviy darajadagi savodxonlik, muammolarni hal etish qobiliyatlari ishchi kuchining kognitiv sifatlarini o‘zida aks ettiradi.
Ijtimoiy-xissiy sifatlar Turli ijtimoiy vaziyatlarda samarali harakat qilish qobiliyatini anglatadi. Jumladan, shaxsning yetakchilik, jamoada ish yuritishi, o‘zini tuta bilishi va qatʼiyatliligi ishchi kuchining ijtimoiy-hissiy sifatlarini o‘zida aks ettiradi
Ilmiy-texnik sifatlar Muayyan vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar, jumladan, resurslar, asbob-uskunalar, texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tajriba, bilim va ko‘nikmalarini o‘zida aks ettiradi.
Raqamli texnologiyalardan foy- dalanish ko‘nikmalari Bunda yuqorida keltirilgan barcha ishchi kuchining sifat ko‘rsatkichlariga asoslangan holda, axborotlarni to‘g‘ri tanlash, ularni izlab topish, yangi ishonchli axborotlar yaratish kabi qator xususiyatlar inobatga olinadi.
nazariyasiga muvofiq olib borish zarur”[15] deb hisoblaydilar.
XXI asrning ilk yillaridan boshlab, Jahon banki ekspertlari tomonidan “Jobs & Skills (Kasblar va Ko‘nikmalar)” mavzusida global darajada tadq- iqotlar muntazam amalga oshirilib kelinmoqda. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, XXI asrda mehnat bozorida ish beruvchi tomonidan ishchi kuchin- ing kognitiv, ijtimoiy-hissiy, ilmiy-texnik va raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarurligi isbotlangan (1-jadval). Jumladan, ishchi kuchining yuqorida keltirib o‘tilgan sifat ko‘rsatkichlarini rivojlantirish orqali mamlakatda samarali bandlikni taʼminlash, uning global raqobatbardoshligi ko‘rsatkichini yax- shilash, barqaror iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishishi bilan birgalikda, mehnat bozorida ish- chi kuchining tarkibiy jihatdan takomillashuvi taʼminlanadi [16].
Jahon banki ekspertlari tomonidan “Skills Development (Ishchi kuchi ko‘nikmalarini rivojlan- tirish)” mavzusida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlashda ishchi kuchini sifat jihatdan takomillashtirish zarur bo‘ladi. Bunda taʼlim tizimi orqali ishchi kuchining sifatiga investitsiyalar kiri- tishga ustuvorlik qaratish zarur bo‘ladi. Natijada mamlakatda mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi ortib, xorijiy investitsiyalar oqimi kengayishiga olib keladi. Bu esa, mamlakatdagi mavjud ishchi kuchi uchun yanada barqaror bo‘lgan yuqori daromad olish imkonini beruvchi yangi ish o‘rinlarini yarat- ish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratadi [16].
Tahlillar ko‘rsatishicha, taʼlim tizimi mamlakat ishchi kuchi sifatini oshirishning muhim omili hiso- blanib, bunda davlat tomonidan aholiga sifatli taʼlim xizmatlari ko‘rsatilishi lozim.
Jahon amaliyoti tahliliga ko‘ra, aksariyat mam- lakatlarda taʼlim xizmatlarini sifatini oshirish, mehnat bozoridagi mavjud ish o‘rinlari uchun har taraflama mos keluvchi ishchi kuchini shakllanti- rish amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari qatoridan o‘rin egallaydi. Jahon banki maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 15 yoshdan katta bo‘lgan dunyo aholisining 18,0 foizi (750 mln. kishi) bazaviy savodxonlik (o‘qish-yozish, qo‘shish-ayirish, ko‘paytirish-bo‘lish) darajasiga ega emas. Jumladan, aksariyat bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakat- lar guruhida ish beruvchilar tomonidan yollanma ishchilarning yetarli darajadagi kasbiy ko‘nikma va malakalarga ega emasligi bilan birgalikda, oliy maʼlumotli xodimlarning innovatsion salohiyati past ekanligi taʼkidlab o‘tilgan[16]. Ushbu holat mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va ishchi kuchi sifati o‘rtasidagi keskin tafovutlar mavjud ekanligidan dalolat beradi.
Tahlillarga ko‘ra, zamonaviy iqtisodiy muno- sabatlar tizimida ish beruvchilar o‘rtasidagi raqo- bat kurashining tobora jadallashib borishi bugungi kunda mehnat bozorida yuqori kasbiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan, ishlab chiqarish jarayon- lariga innovatsiyalarni joriy etilishini yuqori dara- jadagi samaradorligini taʼminlash imkonini beru- vchi malakali ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Ushbu holat ishchi kuchi malakasini,
4- rasm. O‘zbekistonda mehnat bozori va oliy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlashdagi iqtisodiy aloqalarini
rivojlantirish mexanizmi1.
uning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini doimiy rav- ishda takomillashtirib borish zaruriyatini vujudga keltiradi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda aksariyat mamlakatlarda mehnat bozorini sifatli va yuqori malakali ishchi kuchi bilan taʼminlash maqsadida oliy taʼlimning qamrov darajasini oshirish va uni sifatini yaxshilashga ustuvorlik qaratilmoqda. Jum- ladan, 25-34 yoshdagi mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida oliy maʼlumotilarning ulushi bo‘yicha Koreya Respublikasi (69,8 foiz), Kanada (64,4 foiz), Rossiya (62,1 foiz), Yaponiya (61,5 foiz) kabi mamlakatlar jahonda yetakchi o‘rinlarni egallay- dilar [17].
1 Muallif tomonidan tuzilgan.
Jahon amaliyoti tahliliga ko‘ra, aholining oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish va taʼlim sifatini yaxshilash orqali mehnat bozoridagi yuqori malakali, sifatli ishchi kuchiga bo‘lgan talabni samarali qondirish mexanizmini shakllantirish mumkin bo‘ladi. Xalqaro “Science and Engineer- ing Indicators (Fan va muhandislik indikatorlari)” maʼlumotlari tahliliga ko‘ra, 2015-2020 yillarda jahonda tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha ilmiy dara- jaga ega bo‘lgan bitiruvchilar soni bo‘yicha Xitoy va AQSH mamlakatlari yetakchilik qilishadi. Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, AQShda ilmiy daraja olay- otgan bitiruvchilarning 45 foizi xorijiy talabalar hisoblanib, ularning aksariyati o‘z mamlakatlar- iga qaytib ketadilar[18]. Shunga qaramay, AQSH jahonda innovatsiyalarni milliy iqtisodiyot tarmo-
qlariga joriy etish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallagan.
Mehnat bozoridagi yuqori malakali ishchi kuch- iga bo‘lgan talabni qondirish bo‘yicha amalga oshirilgan ko‘psonli ilmiy tadqiqotlarda Yaponiya mamlakati amaliyoti ham eʼtiborga molik hisob- lanadi. Tahlillarga ko‘ra, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Yaponiyada imperator Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlarda taʼlim tizimidagi islohotlarga ustuvorlik qaratilgan. Jum- ladan, ushbu davrda ko‘psonli mamlakat yoshlari o‘qish uchun nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasala- riga yuborilishi bilan birgalikda, jahondagi yetak- chi xorijiy oliy o‘quv yurtlaridan yaponlarga taʼlim berish uchun ko‘plab professor-o‘qituvchilar ishga yollangan. Natijada, mamlakatda sanoat tarmoqla- rini jadal rivojlantirishga erishilgan[19].
Jahon amaliyoti tahliliga ko‘ra, aksariyat mam- lakatlarda oliy maʼlumotli ishchi kuchining ish haqi o‘rta darajadagi maʼlumotga ega bo‘lgan ishchi kuchi ish haqiga nisbatan yuqori hisoblanadi. Jum- ladan, Turkiya mamlakatida oliy maʼlumotli yol- lanma ishchilarga o‘rta maʼlumotlilar ish haqiga nisbatan 98 foiz ko‘proq ish haqi tayinlanadi. Oliy maʼlumotli ishchi kuchiga tayinlanadigan ish haq- ining o‘rta maʼlumotli xodimlar ish haqiga nisbatan Vengriya (82 foiz), Polsha (71 foiz), Makedoniya (62 foiz), Albaniya (62 foiz), O‘zbekiston (55 foiz) va Rossiya (51 foiz) kabi mamlakatlarda 50 foizdan yuqori hisoblanadi.
Jahon banki ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi aksariyat past malakali, quyi dara- jadagi maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolar iqtisodi- yotning norasmiy sektorida yoki boshqa mamlakat- larda mehnat migranti bo‘lib, “qora” ishlarda band hisoblanadi. Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari fikricha, koronavirus pandemiyasi sharoitida aynan past malakali ishchilarning ijtimoiy holati keskin- lashib, norasmiy sektorda band bo‘lgan barcha aholi qatlamlari ijtimoiy himoya dasturlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lishgan.
Jumladan, kam daromadli mamlakatlarda mehnat resurslarining 90 foizi sifatsiz va mehnat unumdorligi kam bo‘lgan ishchi kuch tashkil topadi. Koronavirus pandemiyasining global dara- jada avj olishi natijasida bozor iqtisodiyoti shak- llanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda
mehnat resurslarining 1/3 qismi o‘z daromadlarini yo‘qotdi [21]. Ushbu holat mamlakatlarning rivo- jlanish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuboradi [22].
Amalga oshirilgan tadqiqotlarimiz natijalariga tayangan holda, keyingi yillarda mamlakatimizda mehnat bozori va oliy taʼlim tizimida kadrlar tayy- orlashdagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahka- mlashda xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga asoslan- gan holda, talabalardagi kognitiv, ijtimoiy-hissiy, ilmiy-texnik, raqamli texnologiyalardan foydalanish kabi sifat va ko‘nikmalarni shakllantirish lozim deb hisoblaymiz. Ushbu vazifani hal etishda 4-rasmda keltirilgan mexanizm orqali oliy taʼlim muassa- salarida kasbiy taʼlimni o‘qitishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq. Taklif etilayotgan mexanizmni amalga oshirishda oliy taʼlim muassasalari tomoni- dan mehnat bozorida ish beruvchilarning yollanma xodimlarni ishga yollash bo‘yicha talablarini keng marketing tadqiqotlarini o‘tkazish orqali chuqur tahlil etishlari talab etiladi.
Xulosa.
Oliy taʼlim muassasalarida kasbiy taʼlim bo‘yicha bakalavr va magistrantlar uchun ishlab chiqiladigan taʼlim standartlarini ishlab chiqishda ish beruvchi va oliy taʼlim muassasasining yetakchi xodimlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasidagi kooperatsiyalashuvni chuqurlashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etish orqali quyidagi natijalarga erishiladi:
– oliy taʼlim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat bozorida ishchi kuchi sifatini oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi;
– oliy taʼlim muassasalarida o‘qitilayotgan fanlar bevosita ish beruvchi talablariga asoslanishi ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirishi bilan birgalikda ishchi kuchi sifatini yaxshilanishiga bevosita taʼsir ko‘rsatadi;
– bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash ko‘rsatkichlari yaxshilanadi;
– mehnat bozorida kadrlarning salohiyati pastligi muammosini qisqa muddatlarda hal etishga erishiladi;
– oliy taʼlim muassasalari bazasida o‘qitiladigan fanlar yildan yilga takomillashib boradi va h.k.